Kelajak transformatsiyasi: IT-Bilim’dan IT Park Capital’gacha

IT-Bilim’ning rivojlanishi O‘zbekiston IT-sohasini shakllantirishda muhim bosqich bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi 556-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan IT-bilimlarni rivojlantirish markazi minglab yoshlarga yuqori texnologiyalar sohasida karyera boshlash imkonini beruvchi maydonga aylandi. Qisqa vaqt ichida IT-Bilim oddiy loyihadan ta’lim, karyeraviy rivojlanish va xalqaro istiqbollarni birlashtirgan to‘laqonli ekotizimga aylandi.

IT-Bilim ekotizimi va uning yutuqlari

IT-Bilim faoliyatining ilk kunlaridanoq kompleks yondashuvni yo‘lga qo‘ydi: bir yo‘nalish mantiqan ikkinchisini davom ettirib, yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar zanjirini yaratdi. Maqsadli qarzlar IT Park rezidentlari bo‘lgan ta’lim markazlariga auditoriyalarni texnika bilan jihozlash va mentorlarni taklif qilishga yordam berdi. 100 dan ortiq markaz va 950 ta kursni birlashtirgan Bilgi.uz’ning yaratilishi mantiqiy qadam bo‘lib, IT-ta’limni moslashuvchan va hammabop qildi.
Bilimlar karyeraga aylanishi uchun Recruitment & Consulting va IT-Intern dasturlari ishga tushirildi, ular bitiruvchilarga mamlakatning yirik kompaniyalarida ishga joylashish va amaliyot o‘tashga ko‘maklashdi. Mutaxassislar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni soddalashtirish maqsadida IT-Market raqamli xizmati yo‘lga qo‘yildi, IT Bilim Academy esa IT va BPO uchun kadrlarni kompleks tayyorlashni ta’minladi.
 

Xalqaro darajaga chiqib, tashkilot Pearson VUE sertifikatlashtirish markazini ochdi. Bu yerda mutaxassislar xorijga chiqmasdan turib, o‘z malakalarini jahon standartlari bo‘yicha tasdiqlashlari mumkin.


Yangi bosqich: IT Park Capital

Bu qadamlarning barchasi IT-Bilim'ning shunchaki ta’lim markazi emas, balki sohaning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganini ko‘rsatdi. Ammo o‘sish bilan birga ekotizimga yangi – yanada keng ko‘lamli, kompleks va xalqaro hamkorlikka yo‘naltirilgan vositalar kerakligi anglashildi. 


Aynan shu sababli bugun yangi sahifa ochilmoqda. IT-Bilim mamlakat IT-ekotizimini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan moliyalashtiruvchi tashkilot – IT Park Capital’ga aylanmoqda. Agar avvallari asosiy e’tibor ta’lim va yosh mutaxassislarning dastlabki qadamlariga qaratilgan bo‘lsa, endilikda vazifalar kengaymoqda: IT Park Capital moliyalashtirish, biznesni rivojlantirish va eksportni yagona strategiyaga birlashtiradi. 

Rivojlanishning yangi yo‘nalishlari

O‘z rivojlanishining zamonaviy bosqichida IT Park Capital e’tiborni barqaror raqamli ekotizimni shakllantirish strategiyasiga uzviy bog‘langan ustuvor yo‘nalishlarning yaxlit majmuasiga izchil qaratmoqda. Bu borada IT Park rezidentlari bo‘lgan ta’lim markazlari bilan hamkorlikka alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, u yerda infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirishga va ta’lim jarayoni sifatini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Texnologik startaplarni rivojlantirish tashkilotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu sohada ularning bosqichma-bosqich o‘sishi va kengayishi uchun sharoitlar yaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan vositalar loyihalarning mavqeyini mustahkamlashga va ularning xalqaro maydonga integratsiyalashuviga yordam beradigan qulay innovatsion muhitni yaratishga qaratilgan. 


Mahalliy IT-kompaniyalarning eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va milliy IT-sohasini global darajada ilgari surishga yo‘naltirilgan maqsadli mexanizmlar qo‘llanilmoqda. 

Shu bilan birga, kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ham urg‘u berilmoqda. Til kurslarini moliyalashtirish mutaxassislarni samarali xalqaro muloqotga tayyorlaydi, magistratura talabalari uchun subsidiyalar barqaror kadrlar zaxirasini shakllantiradi, frilanserlar uchun imtiyozli qarzlar esa Upwork va Fiverr kabi global raqamli platformalardan foydalanish imkonini ochadi.

Yangi ko‘lam falsafasi

IT-Bilim'ning IT Park Capital'ga aylanishi rivojlanishning qonuniy bosqichi bo‘lib, milliy raqamli ekotizimni shakllantirishga strategik yondashuvni aks ettiradi. Bugungi kunda IT Park Capital texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan IT Park tarkibidagi moliyalashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu mahalliy bilim markazining biznes, investorlar va xalqaro institutlar uchun ishonchli hamkorga aylanishga tayyor bo‘lgan milliy miqyosdagi tashkilotga aylanish tarixidir.


IT PARK CAPITAL – IT-ta’limni rivojlantirish, biznesni kengaytirish va O‘zbekistonning raqamli kelajagini yaratishda sizning hamkoringiz.

Imkoniyatlar ochib, kelajakni yaratamiz!